Loris "Tottenxem" uchun sovrindan ham muhim narsa nima ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
10 may 2018, 17:45
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris jamoaning Chempionlar ligasiga chiqishi haqida fikr bildirdi.

"Ketma-ket uchinchi marta Chempionlar ligasiga chiqish ko'p narsani anglatadi. Biz mavsumni "Chelsi" va "Arsenal"dan yuqoriroqda yakunlayapmiz. Mavsum boshida ko'pchilik "Tottenxem" birinchi to'rtlikda bo'lishini kutmagan edi va fikrimcha, bu muvaffaqiyat sovrindan ham muhimroq, chunki qiyinchiliklarga qaramay kuchli bo'lib qolganimizni isbotladik. Jamoa 37ta uchrashuvni deyarli mehmonda o'tkazdi, men shunday his qildim. Asosiysi - biz kelasi mavsum o'z stadionimizda o'ynaymiz" - deydi Loris.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports