Lorente: "Barselona"ga qarshi o'yin barchasini hal qilmaydi"

Mirjalol Normatov
30 apr 2021
"Atletiko" futbolchisi Markos Lorente LaLiga chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.

"Ayni damda barcha jamoalarda muammolar bor. Ushbu mavsum barcha uchun og'ir o'tmoqda, shu boisdan bahona qilmaslik kerak. O'yindan o'yinga holatni yaxshilab borish lozim.

"Kamp Nou"dagi o'yin muhim, ammo barchasini hal qilmaydi. LaLigani yutish uchun 4 klub kurashmoqda, hali juda ko'p ochkolar o'ynaladi.

"Atletiko"dagilar esa nima qilayotganini bilib turibdi. O'yinlarda ham jismonan ham ruhan tayyormiz", - dedi Lorente.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal