Loran Blan: “Benfika”ga qarshi o'yinda, jamoada o'ziga bo'lgan ishonch yetishmadi”

Tolibjon Qosimov
11 dek 2013, 12:16
“PSJ” klubi bosh murabbiyi Loran Blan, jamoasining Chempionalr ligasi guruh bosqichi doirasida “Benfika”ga qarshi ko'rsatgan o'yinidan (1:2) qoniqmadi.

- Birinchi bo'limda qilishimiz kerak bo'lgan ishni qildik. Gol urishga imkoniyatimiz bo'ldi va buni bajardik ham. Ammo ikkinchi bo'limda jamoada o'ziga bo'lgan ishonch yetishmadi. Ushbu o'yinda bir nechta muhim bo'lmagan o'yinchilarni maydonga tushirgan bo'lsamda, ularning tajribasi g'alaba qozonishimiz uchun etarli edi. Jamoani faqatgina asosiy tarkib o'yinchilari bilan baholash kerak emas. O'yindan qoniqmadik, ammo mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak, - mutaxassisning so'zlarini keltiradi “PSJ” rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru