Lopetegi: "Real"dagi maqsadim - buyuk jamoa yaratish"

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2018, 18:14
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi yangi jamoasidagi ilk mashg'ulotlardan so'ng, hissiyotlari bilan bo'lishdi.

"Maqsadimiz - buyuk jamoa yaratish, ter to'kib mehnat qilish.

Men uchun "Real" doimo o'zgacha jamoa bo'lgan, chunki Madridning uyim deb hisoblayman, shu yerda katta bo'lganman.

"Real"ni boshqarish juda mas'uliyatli ish. Ammo bundan xursandman. Bu erga dunyodagi eng yaxshi klubni shug'ullantirish uchun kelganman. Talablarga javob beraman va o'z ishimni udallayman deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda yaxshi shug'ullanishimiz kerak, chunki 15 avgust kuni ilk sovrin o'ynaladi - Yevropa Superkubogi.

Mamnunman, tarkib ajoyib, sharoitlar zo'r, hissiyotlarimni so'z bilan tasvirlay olmayman. Menga hamma narsa yoqmoqda. Kuchliroq bo'la olamiz, men rivojlanishda davom etishni xush ko'radigan insonman. Futbolchilardan ham shuni kutaman" - deydi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca