Lopetegi: "MYUni mag'lub etishimizga ishonamiz"

Alisher
12 avg 2020, 16:27
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi 16 avgust kuni bo'lib o'tadigan Yevropa Ligasi yarim finali doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"E'tiborimizni keyingi o'yinga qaratamiz, raqib eng yaxshi jamoalardan biridir. Hozir ular ajoyib formadalar.

Biz doimgidek bor kuchimizni beramiz. Ular bilan o'ynash qiyin bo'ladi, ammo biz MYUni yutishimizga ishonamiz", - deydi Lopetegi.

Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasi yarim finali doirasidagi "Sevilya" - MYU o'yini 16 avgustda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com