
“Liverpul” “kanonerlar”ga Suaresni sotishni istamaganidan so'ng, klub "Manchester Siti" hujumchisi Edin Jeko va "Suonsi" klubi hujumchisi Michuni sotib olishga urinib ko'rishga qaror qilgan. Bosniyalik futbolchi uchun “Arsenal” 27 mln evro taklif etayotgan bo'lsa, ispaniyalik futbolchi uchun 14 mln evro taklif etmoqchi. Biroq shunday bo'lsada, "Arsenal" Suaresni sotib olishdan umidini uzgani yo'q va futbolchi uchun rekord narx 50 mln funt taklif etayapti.