London klubi Chemberlenga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2021
Futbolchi "mersisaydliklar" safini tark etishi mumkin.

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin. Xabar qilinishicha, London klubi yozgi transfer oynasi vaqtida futbolchini sotib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Angliyalik futbolchi "Liverpul"da asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanmaydi, shuning uchun "Vest Xem" taklifini qabul qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Oksleyd-Chemberlen "Liverpul"ga "Arsenal"dan 2017 yilda 38 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsumda u Premer-ligada 13 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Express Sport