"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi o'zining koreyalik futbolchisini sotib yubormoqchi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2016, 16:27
OCHLda "Lokomotiv"ga raqib bo'lgan BAAning "Al Ahli" klubi qishda koreyalik futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin.

Kvon Kyung Von "Tianjin Teda"ga ko'chib o'tishi aytilmoqda. "Ahli" uning uchun 11 million AQSH dollari oladi. Kvon Kyung Von 1992 yilning 31 yanvarida Janubiy Koreyada tug'ilgan. O'z yurtida "Chonbuk Xyunday Motors" klubida o'ynagan. 2015 yildan buyon "Al Ahli" safida to'p tepib kelmoqda.

O'tgan yil futbolchi "Al Ahli" bilan BAA pro-ligasi chempioniga aylangan edi. Bu mavsumda BAA chempionatida 8ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi.

"Al Ahli" va "Lokomotiv"ning guruhida yana qaysi jamoalar o'rin oldi? Bunga quyidagi havolada javob bor: OCHL-2017. Qur'a tashlandi yoxud "Lokomotiv" "A" guruhidan joy oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia