“Lokomotiv” “Zob Ohan” bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2018, 19:35
Osiyo Chempionlar Ligasi 2018 yilgi mavsumi guruh bosqichini muvaffaqqiyatli boshlagan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bugundan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikka kirishdi.

“Temiryo'lchilar” 19 fevral kuni 1-turda safarda “Duhail”dan 1:3 hisobida engilgan Eronning “Zob Ohan” jamoasi mehmoni bo'lishadi. “Lokomotiv” futbolchilari bugun klub qarorgohida mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulot jarayoni ancha ko'tarinki ruhda o'tdi. Barcha futbolchilar maydonda astoydil shug'ullanishdi.

Quyida "Lokomotiv"ning bugungi mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz