

Marbele shahridagi 2000 tomoshabinga mo'ljalangan stadionda bo'lib o'tgan o'yinda “temiryo'lchilar” 2:0 hisobida zafar quchishdi. “Lokomotiv”ning fransiyalik hujumchisi Aleksandr Kor dublga erishdi.
25 yoshli futbolchi 14 va 32-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. “Lokomotiv” safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va barcha jamoadoshlari qatori bir bo'lim harakat qildi.

Ma'lumot uchun, “Lokomotiv” Rossiya Premer-ligasi doirasidagi navbatdagi tur uchrashuvini 5 mart kuni Samarada “Krilya Sovetov” klubiga qarshi o'tkazadi.



