Lokomotiv o'rtoqlik uchrashuvida Qizilqumni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2016, 16:12
Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda qisqa tanaffus yuzaga kelgan.

Shu sababli Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bugun Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Qiziqarli ko'rinish olgan matchda “Temiryo'lchilar” 2 ta to'p farqi bilan zafar quchishdi. Gollarga Sadriddin Abdullaev bilan Azizbek Omonov mualliflik qilishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 12 noyabr

Lokomotiv - Qizilqum 2:0
Gollar:
S. Abdullaev (20), A. Omonov (90)

“Lokomotiv”: Mamur Ikromov (Sarvar Karimov - 46), Nemanya Yanichich, Ikrom Aliboev, Salim Mustafoev, Sherzod Fayziev, Timur Kapadze (Farrux Ibrohimov - 71), Kaxi Maxaradze (Sergey Proxorov - 46), Oleg Zoteev, Sadriddin Abdullaev, Sanjar Shoahmedov, Temurxo'ja Abduxoliqov (Bobur Tillaboev - 82).

“Qizilqum”: Erkin Jabborov, Georgi Kvesieshvili, Akmal Rustamov (G'ayrat Jumaev - 73), Fayzullo Qambarov, Azizbek Usmonov, Erkin Boydullaev, Jasur Hasanov, Nodirxon Kamolov, Nemanya Yovanovich, Vohid Shodiev, Alisher Yusupov

Chetlatish: Azizbek Usmonov (Qizilqum, 86).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz