"Lokomotiv" - "Neftchi" bahsini Fozil Musaev ham kuzatdi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2015
Toshkent, 23 mart - Kecha "Lokomotiv" o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qilib, 1 :1 hisobida durang o'ynadi.
TTYMI stadionida bo'lib o'tgan bu o'yinni "Loko"ning sobiq futbolchisi Fozil Musaev ham kuzatib bordi.

Bilasiz, Musaev hozirda Eron chempionatining "Sepaxon" klubida faoliyat olib boryapti. Hozir Eronda ham xuddi bizdagi kabi klublar uchun qisqa tanaffus yuzaga kelgan. Chunki Eron terma jamoasi shu kunlarda ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. "Sepaxon" oxirgi uchrashuvni 16 mart kuni o'z maydonida "Padideh" bilan o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Jamoa navbatdagi bahsni 4 aprel kuni o'tkazadi. Fozil Musaev esa ertaga Eronga jo'nab ketadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz