“Lokomotiv” – “Nasaf” oldidan. Xayrulla Xoliqov: “OCHLdan erta chiqib ketgan jamoalar bahsi”

Narzulla Saydullayev
24 mar 2014, 12:47
Bugun “Lokomotiv” va “Nasaf” o'rtasidagi o'yin bilan oliy liganing 2-turiga yakun yasaladi.
Uchrashuvga bo'lgan qiziqish haminqadar yuqori. “Loko”ni qabul qilib olganiga hali ko'p bo'lmagan Vadim Abramov bugun Ro'ziqul Berdievga qarshi bahs olib boradi.

Bu o'yinni bemalol OCHLni erta tark etgan jamoalar bahsi deb atashimiz mumkin. Bilasiz, har ikki jamoa OCHL pley-off bosqichidan o'ta olmadi va endilikda bor e'tiborini ichki chempionatga qaratishi turgan gap. O'tgan yil Toshkentda bo'lib o'tgan bellashuvda “Loko” 2:0 hisobida zafar quchgan, bu safar ham maydon egalarining imkoniyati yuqoridek ko'rinmoqda.

Bugungi o'yinda Abramov – Berdiev qarama-qarshiligidan tashqari futbolchilardan kim kuchli degan savolga javob olsak ajab emas. Nesterovmi, Suyunovmi? Hamza Karimovmi, Islom To'xtaxo'jaevmi? Artur Gevorkyanmi, Jasur Hasanovmi? Ilhom Shomurodovmi, Ivan Nagaevmi? Ilhom Yunusovmi, Dilshod Jabborovmi? Xullas, ko'p savollarga javob olamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia