Lokomotiv murabbiylari OFK elit murabbiylari forumida ishtirok etishadi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2016, 13:41
1-2 sentyabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida OFK tomonidan OCHL chorak finaliga yetib borgan, Olimpiada o'yinlarida qatnashgan terma jamoalar va ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan murabbiylar uchun “OFK Elit murabbiylar forumi” tashkil etilmoqda.

Ayni damda OCHL yarim finali ostonasida turgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi murabbiylari Andrey Miklyaev va Mirko Yyelichich shu yilning 1-2 sentyabr kunlari Shanxay shahrida tashkil etiladigan OFK elit forumida ishtirok etishadi.

Ushbu forum yakunlangach ikki murabbiy o'rtasida “Lokomotiv” stadionida davra suxbati o'tkaziladi. Andrey Miklyaev va Mirko Yyelichich jurnalistlarning o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob beradilar. Ushbu davra suhbati sanasi haqida yaqin kunlarda batafsil ma'lumot beramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz