"Lokomotiv" mavsumda ilk bor ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013, 12:39
Kecha oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda "Paxtakor" 1:0 hisobida zafar quchdi. Shunday qilib, "Lokomotiv" ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'ldi. O'tgan turda "temiryo'lchilar" Samarqandda "Dinamo"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishgandi. Takidlash lozimki, "Lokomotiv" uchun bu mag'lubiyat mavsumdagi to'rtinchisi bo'ldi. Klub bu yil birinchi bor ketma-ket ikki uchrashuvni boy berdi.

So'nggi bor "temiryo'lchilar" o'tgan yil ikki bor ketma-ket mag'lubiyatga uchrashgandi. O'shanda dastlab safarda "Olmaliq"qa, so'ngra o'z maydonida "Qizilqum"ga 0:1 hisobida taslim bo'lishgandi.

Takidlash lozimki, "Lokomotiv" birinchi bor o'z maydonidagi o'yinda mag'lub bo'ldi. Qizig'i, birinchi davradagi o'yinda "Paxtakor" o'z uyida "Loko"ga yutqazgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia