"Lokomotiv" matbuot xizmati xodimi: Iskanderov "Lokomotiv"da o'ynab keta oladi, agar..."

Narzulla Saydullayev
20 dek 2018, 12:07
"Paxtakor" futbolchisi "Lokomotiv"ga o'tishga yaqin shekilli.

"Murabbiy emasman lekin menga Jamshid Iskanderovning o'yini yoqadi. Katta master. Shunchaki bu yil o'tirib qoldi "Paxtakor" zaxirasida. Bemalol u ham bizni klubda o'ynab keta oladi. Agar bizning murabbiy uslubiga to'g'ri kelsa", - deb yozadi "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati xodimi Mamur Mamadaliev tvittyerdagi o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovning klub bilan shartnomasi tugagan. Unga "Lokomotiv" qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia