"Lokomotiv" klubi vakili: "Liga kubogi o'rtoqlik turnirimi?"

Narzulla Saydullayev
24 may 2019, 18:38
"Lokomotiv" klubi marketing bo'limi vakili Mamur Mamadaliev O'zbekiston Liga kubogi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Liga Kubogini 1 haftadan keyin boshlanadi. Bu musobaqaga na matbuot va na PFL qiziqish bildirmayapti. Qizig'i 1-tur 31 may va 1 iyunga mo'ljallangan. 1 iyun kuni "Lokomotiv" o'z uyida "Buxoro"ni qabul qiladi. Terma jamoalarga 8 futbolchi chakirilgan. Liga kubogida klub 8 nafar asosiy tarkib o'yinchisiz o'ynaydi.

"Paxtakor"da 15ga yaqin futbolchi terma jamoalarda o'ynaydi. Ular ham asosiy tarkibsiz o'yin o'tkazadi. Liga kubogi o'zi o'rtoqlik turnirimi yoki bu turnir nimadir beradimi? Qanaqadir yo'llanma, pul va hokazo?", - deb yozadi "Lokomotiv" marketing bo'limi vakili Mamur Mamadaliev tvittyerdagi o'z sahifasida.



O'zbekiston Liga Kubogiga qur'a tashlandi. "Paxtakor" va "Lokomotiv" bir guruhda         

O'zbekiston Liga Kubogi nima beradi?        


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia