"Lokomotiv" himoyachisi klubni tark etdi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2018, 14:48
Toshkentning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Sherzod Fayziev erkin agentga aylandi.

2016 yil "Mashal"dan "Lokomotiv"ga o'tgan Sherzod Fayziev erkin agentga aylandi. Himoyachi kuni kecha "temiryo'lchilar" murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan xayrlashgani ma'lum bo'ldi.

Fayziev "Lokomotiv" safida oliy ligada 38ta o'yin o'tkazdi va ikki bor O'zbekiston chempioni va ikki bor O'zbekiston kubok sohibi bo'ldi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia