"Lokomotiv" futbolchisi tez orada legionerga aylanadi. Bu haqda klub shifokori ma'lum qildi

Narzulla Saydullayev
24 may 2022, 15:18
Toshkentning "Lokomotiv" klubi futbolchilaridan biri tez orada legionerga aylanadi.

“Lokomotiv” – qadami engil dargohlardan. Barcha klublar faoliyatidagi kabi past-balandliklar bo'lishi mumkin, ammo jamoadagi muhit “sog'lom”. Shu bois bu manzilda ter to'kkan insonning ishlari oldinga yuraveradi.

Hali birinchi davra tugamasidanoq, yana bir futbolchimizning legioner bo'lishi tayin bo'lib turibdi. Ezgu niyat ila o'zini o'zga diyor futbolida sinab ko'rishni istagan futbolchilari uchun esa jamoa doimo dastak...", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida.  

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, tez orada Diyor Turopov yoki Sherzod Fayziev legionerga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia