"Lokomotiv" futbolchilari "Sepaxon"ga qarashli maydonda mashg'ulot o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2016, 08:18
Kecha kunduzi Eronning Isfahon shahriga yetib kelgan "Lokomotiv" futbolchilari bugunning o'zida shu yerda mashg'ulot olib borishdi.

Mashg'ulot jamoaning OCHLdagi raqibi "Sepaxon" klubiga qarashli maydonda bo'lib o'tdi.

Mashg'ulotni odatdagidek Mirko Yyelichich bilan Andrey Miklyaev o'tkazishdi, Pyotr Gizimchuk esa darvozabonlarni shug'ullantirdi. Yigitlarning kayfiyati joyida, hamma faqat g'alabani o'ylayapti. Bugun futbolchilar uchrashuv bo'lib o'tadigan stadionda rasmiy mashg'ulot o'tkazishadi. Bundan tashqari o'yinoldi matbuot anjumani bilan menejerlar yig'ilishi ham tashkil etiladi.

"Lokomotiv" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia