

Kunning birinchi yarmida o'tkazilgan barcha tekshiruvlar chuqurlashtirilgan tartibda o'tkazildi. Unda terma jamoa ixtiyorida bo'lgan futbolchilarimizdan tashqari qolgan barcha ishtirok etdi. Tibbiy tekshiruv jarayoni ko'ngildagidek o'tdi.
Ertalabda tibbiy ko'rikdan o'tilgani bois kunning birinchi qismida mashg'ulot o'tkazilmadi. Bugun tushdan so'ng jamoamiz yana mashg'ulotlarni davom ettiradi.






