Lokomotiv futbolchi bo'lish istagidagi bolalarni chorlaydi!

22 apr 2014, 09:54
“Lokomotiv” proffesional futbol klubi, o'z akademiyasiga futbolchi bo'lish istagidagi bolalarni jalb etishini ma'lum qiladi.
May oyi davomida 2004, 2005, 2006, 2007 yillarda tavallud topgan bolalar o'rtasida yig'in-tanlov tashkil etiladi.

Bir oy davomida takshil etilajak yig'in davomida tanlovdan o'tgan bolalar “Lokomotiv” futbol maktabiga qabul qilinadi. Bu yerda ular bepul mashg'ulotlar o'tkazish bilan birgalikda, barcha kerakli sport anjomlari va sport kiyimlari bilan klub tomonidan to'liq taminlanishadi.

Shuningdek, bir oylik yig'inda ishtirok etish ham mutlaqo bepul.

Ushbu yig'in-tanlov Toshkentning Labzak dahasida (C 13) joylashgan sun'iy maydonda bo'lib o'tadi.

Mo'ljal: “Osiyo Grand” restoranining orqa tomonida.
Murajaat uchun telefon:  +998981257004 (Cunnat)

Manba: lokomotiv.uz