Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsumda o'z safiga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib olmoqchi.
"Temiryo'lchilar" "Olmaliq" klubi yarim himoyachi Diyor Turopovga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan Diyor Turopov 2015 yilgi mavsumda oliy ligada 15ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi.