

Jamoani u yerda "Al Ayn" klubi vakili kutib oldi va buyog'iga avtobusda Al Ayn tomon jo'nadik. Ikki soatga yaqin yo'l yurishdan so'ng manzilga keldik va "Danat" mehmonxonasiga joylashdik. "Al Ayn" - "Lokomotiv" uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi va o'yin mahalliy vaqt bilan 19:30da start oladi (Toshkent vaqti bilan 20:30ga to'g'ri keladi).
Bugun esa o'yinoldi rasmiy tadbirlar - avvaliga miting, keyin matbuot anjumani, undan keyin esa o'yin bo'ladigan stadionda jamoalarning rasmiy mashg'uloti bo'lib o'tadi. Matbuot anjumani 18:00da boshlanadi. Bunda jamoamiz bosh murabbiyi Andrey Miklyaevga futbolchi Oleg Zoteev hamrohlik qiladi.



