"Lokomotiv" - "Al Ayn". O'yinoldi matbuot anjumani 17:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2016, 15:39
13 sentyabr (seshanba) kuni “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvini o'tkazadi.

Shu kuni “temiryo'lchilar” "Bunyodkor" stadionida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” klubini qabul qilishadi.

Ertaga – 12 sentyabr kuni chempionlar ligasi chorak final javob o'yini oldidan ikki jamoa va uchrashuv rasmiylari o'rtasida yig'ilish hamda matbuot anjumani tashkil etiladi. Tashkilotchilar va har ikki jamoa vakillari ishtirokidagi miting 16:00 ga tayin qilingan. OAV ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani esa 17:00 da boshlanadi. Uning birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Zlatko Dalich hamda “Al-Ayn ” futbolchisi ishtirok etadi, ulardan keyin esa “Lokomotiv” murabbiyi va futbolchisi jurnalistlar savollariga javob qaytarishadi.

Jamoa rasmiylari o'rtasidagi yig'ilish soat 16:00 va matbuot anjumani 17:00da boshlanadi.
O'yinoldi rasmiy mashg'ulotlar esa 18:00 va 19:00dan boshlanadi.

Barcha tadbirlar “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz