“Lokomotiv” 2005-2006 yilda tug'ilgan futbolchilar uchun tanlov e'lon qiladi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2016, 14:29
Farzandingizni kelajakda mohir sportchi, ajoyib futbolchi hamda namunali inson bo'lishini xohlaysizmi? Unda shoshiling!

“Lokomotiv” bolalar va o'smirlar futbol maktabi 2005-2006 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida tanlov o'tkazadi.

Agar Siz o'g'lingizning yaxshi futbolchi bo'lib kelajakda “Lokomotiv”da o'ynashini istasangiz, unda haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari farzandingizni Labzakdagi stadionga olib borishingiz mumkin. Mo'ljal: “Osiyo Grand” to'yxonasi yonida. Mashg'ulotlar 16:00dan boshlanadi.

Mashg'ulotlarni murabbiylar Saydullo Tursunov hamda Davron Dosumov olib borishadi.

Murojaat uchun telefon:

+99890 934-87-28 (Davron Dosumov)
+99894 274-00-70 (Saydullo Tursunov)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz