Lokatelli "Yuventus"da qaysi raqamda to'p surishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2021, 21:35
Futbolchi "Sassuolo"da 73-raqamda to'p surgan.

Italiyalik yarim himoyachi Manuel Lokatelli turinliklar safida 27-raqamda to'p suradi.

23 yoshli o'yinchi "Yuventus"da 2 mavsum davomida ijara asosida o'ynaydi. Turin klubi ushbu muddat yakunlanganidan keyin futbolchini 25 million evro evaziga sotib oladi. Shuningdek, "Sassuolo"ga 12,5 million evro bonus tarzdia vada qilingan.

Futbolchi "Milan" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: juventus.com