Loik Remi: "Biz Ispaniyadan kuchliroq edik"

Tolibjon Qosimov
5 sen 2014
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Loik Remining takidlashicha, uning uchun Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'z imkoniyatidan foydalanish muhim.
"Chelsi" hujumchisi Mate Valbuenaning to'p oshirishidan so'ng fracuzlarning yagona goliga mualliflik qildi va bu gol g'alaba uchun etarli bo'ldi.

"Biz yaxshiroq o'ynaganimiz uchun gol urdik. Bunday katta o'yinda gol urganimdan xursandman. O'yinning har bir daqiqasidan to'g'ri foydalanish men uchun juda muhim. Bu o'yinda Olive Jiru ishtirok etmadi, shu sababli bazi futbolchilarda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ldi. Ammo asosiysi - bir jamoa" - deydi Remi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru