Lochin Soliev uchun mavsum tugadimi?

Narzulla Saydullayev
26 okt 2015
Andijonlik taniqli hujumchi Lochin Soliev so'nggi paytlarda yashil maydonda ko'rinish berayotgani yo'q.

Buning sababini bilish maqsadida futbolchi bilan suhbatlashganimizda, Soliev oyog'ida og'riq sezayotganini ta'kidlab o'tdi. Shu bois futbolchi jaroxatini davolash bilan mashg'ul bo'lib yurgan ekan. Yaqinda u tajribali shifokor Muhiddin Mirzaev bilan bu borada uchrashib, suhbatlashganida operaciya qilinishi lozimligi aytilgan. Endilikda Soliev oyog'ini operaciya qildiradi. Mavsum tobora yakuniga yetib bormoqda. Chempionat o'yinlari 20 noyabr kuni tugaydi. Katta ehtimol bilan Soliev uchun mavsum yakunlandi va futbolchi bor e'tiborini kelasi mavsumga qaratsa ajab emas.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia