LLF SUPER LIGAda oyning eng yaxshilari aniqlandi

Xayrulla Xoliqov
14 noya 2022, 23:53
Toshkentda havaskorlar o'rtasida futzal bo'yicha LLF SUPER LIGA musobaqasi bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergandik.

O'tgan hafta turnirda o'zini ko'rsatayotgan sportchilar etirof etildi. Tashkiliy qo'mita oktyabr oyi yakunlariga ko'ra, 4ta nominaciya bo'yicha eng yaxshilarni aniqlab oldi. 

1. Eng yaxshi darvozabon

Nomzodlar: Bekzod Amanullaev (SUZANE), Leonid Bojedomov (DHL), Bahodir Qodirjonov (VOSTOK), Lazizxo'ja Xo'jaahmatov (UZPSB).


2. Eng yaxshi futzalchi

Nomzodlar: Azamat Boymatov (VOSTOK), G'ayrat Ismoilov (UZPSB), Diyor Murotov (GOV.RUK), Oleg Sekachev (PHOENIX).


3. Eng intizomli jamoa

Nomzodlar: ASKLEPIY GROUP, ARGIN, GOV.RUK, TTG-2.


4. Eng yaxshi murabbiy

Nomzodlar: Konstantin Sviridov (UZPSB), Shuhrat Tojiboev (DHL), Maksed Zakirov (VOSTOK), Javlon Anorov (TTG).



Bahodir Qodirjonov - "Eng yaxshi darvozabon"

VOSTOK jamoasining birinchi raqamli posboni Bahodir Qodirjonov oktyabr oyining "Eng yaxshi darvozaboni" deb topildi. VOSTOK dastlabki 5 turda ketma-ket g'alaba qozonishiga Bahodir munosib hissa qo'shdi. Qolaversa, o'z darvozasidan eng kam gol o'tkazdi: -6ta gol.


Azamat Boymatov - "Eng yaxshi futzalchi"

VOSTOK sardori, jamoaning eng yetakchi o'yinchilaridan biri Azamat Boymatov LLF SUPER LIGA tomonidan oktyabr oyining "Eng yaxshi futzalchisi" deb topildi. Azamat musobaqaning dastlabki 5 turida 9ta gol urib, 4 bor golli to'p uzatishni amalga oshirdi. Jamoasi esa qatorasiga 5ta o'yinda g'alaba qozondi.


Konstantin Sviridov - "Eng yaxshi murabbiy"

UZPSB bosh murabbiyi Konstantin Sviridov oktyabr oyining "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. Sviridov qo'l ostida UZPSB juda yaxshi o'yin namoyish etib, 5ta o'yinda g'alaba qozondi va to'plar nisbati 26-10 ko'rinish oldi.


ASKLEPIY GROUP - "Eng intizomli jamoa"

ASKLEPIY GROUP o'tgan oyning "Eng intizomli jamoasi" deb topildi. Ushbu jamoa o'yin payti o'zini tutishi va boshqa jihatlari bilan namuna bo'ldi.


LLF SUPER LIGA tashkiliy qo'mitasi hamda musobaqa homiylaridan biri ERMAK savdo brendi oy laureatlariga esdalik sovg'alarni taqdim etdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia