"Liverpul"ning 16 yoshli muxlisi bir umr "Enfild"ga kira olmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
7 mar 2023, 00:05
"Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bahsda maydonga tushgan muxlisni policiya qo'lga oldi.

16 yoshli muxlis "Enfild"dagi bahs paytida "Liverpul"ning golini futbolchilar bilan birga nishonlash uchun maydonga tushdi, ammo sirpanib kyetib, Endryu Robertsonni yiqitib yubordi. Styuardlar muxlisni tezda ushlashdi va olib ketishdi.

Ishqiboz policiya tomonidan qo'lga olindi. "Liverpul" esa ushbu muxlisning akkauntini bloklaganini e'lon qildi va aybdor deb topilsa, bir umrga "Enfild"ga kirish huquqida mahrum bo'ladi. Ushbu taqiqi APLning barcha arenalarida amal qilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports