"Liverpul"ga "Shaxtyor" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
19 sen 2022
"Shaxtyor" futbolchisi Mixail Mudrik "Liverpul" qiziqishlari doirasida.

"Liverpool Echo" xabariga ko'ra, ingliz klubi qishdayoq futbolchini tarkibiga qo'shib olmoqchi. Ammo ukrainaliklar futbolchisining transferidan katta mablag' ishlab olmoqchi. Bu summa taxminan 30-40 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

Bunga qadar unga "Milan", "Sevilya", "Real", "Arsenal", "Brentford", "Nyukasl" va "Everton" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lgandi.

Ushbu mavsumda 21 yoshli Mudrik "Shaxtyor" tarkibida 5 o'yinda qatnashib, 2 gol va 3 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2026 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo