"Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin "Chelsi"da 5 yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
2 mar 2020, 21:29
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya Kubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin jamoadagi yo'qotishlar haqida gapirdi.

"Kristensenda kichik jarohat bor. Unga tiklanib olishi uchun 24 soat vaqt beramiz. U o'yinda qatnashmaydi.

Loftus-Chik esa yoshlar jamoasi tarkibida o'ynamoqda. U maydonda 90 daqiqa harakat qilgani taxsinga loyiq.

Abraxam, Pulishich, Xadson-Odoi va Kante hali jamoaga qaytishmaydi", - dedi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal