"Liverpul"ga PSJ futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018
PSJ hujumchisi Gonsalu Gedesh "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, mersisaydliklar bu yo'lda "Valensiya"ni ortda qoldirish niyatida. Futbolchi o'tgan mavsumda aynan "Valensiya"da ijara asosida harakat qildi. Oldinroq Ispaniya jamoasi uni sotib olishi borasida xabarlar tarqagandi.

Uning xizmatlariga "Vulverxempton" tomonidan ham qiziqishlar borligi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe