"Liverpul"ga braziliyalik futbolchi kerak

Mirjalol Normatov
5 apr 2019, 19:24
"Liverpul" "Everton" futbolchisi Risharlisonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"UOL" xabariga ko'ra, ayni damda futbolchining transferini "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning o'zi istamoqda. U hujumchining agenti bilan uchrashib ham ko'rgan. "Everton" o'z forvardining transferidan 70 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Bu mavsumda 21 yoshli Risharlison "Everton" tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 13 gol kiritdi va 2 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: UOL