"Liverpul"da Veynaldumning o'rnini "Xoffenxaym" o'yinchisi egallashi mumkin

Alisher
17 iyun 2021, 17:18
"Liverpul" "Xoffenxaym" yarim himoyachisi Kristof Baumgartnerga qiziqmoqda.

Mersisaydliklar 21 yoshli avstriyalik futbolchini erkin agent maqomida PSJga o'tgan Jorjino Veynaldumning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.

Baumgartner 2020/21 yilgi mavsum "Xoffenxaym" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etishga erishdi.

Transfermarkt futbolchini 22 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Liverpool Echo