

Emre Jan mart oyining o'rtalarida jarohat olgan edi. Uning "Manchester Siti"ga qarshi bellashuvga tayyor bo'lishi taxmin qilingandi. Yakunda "qizillar"ning markazida muammolar paydo bo'lmoqda. Jamoa sardori Jordan Xenderson diskvalifikaciya sabab maydonga tushmaydi.
"U davolanishda davom etmoqda. Ehtimol, bu futbolchi maydonga qaytishi uchun eng yaxshi payt emas. U kutilganidan tezroq tuzalishiga umid qilamiz", - dedi Klopp.




