

Mersisayd klubi 25 yoshli yarim himoyachini qishki transferlar oynasida xarid qilish imkoniyatlarini o'rganyapti.
Agar niderlandiyalik o'yinchi Kataloniya giganti safini tark etishni istasa, "qizillar" "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ni raqobatda engib chiqishga harakat qiladi.
Xabarlarga ko'ra, Londonning "Chelsi" klubi yozda de Yong transferiga erisha olmaganidan keyin bunga yanvar oyida urinib ko'radi.
Frenki de Yong ushbu mavsum turli musobaqalarda jami 12 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilda nihoyasiga etadi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, yarim himoyachi 60 mln evroga baholanmoqda.



