“Liverpul” xo'jayini: yangi mavsumda APL g'olibligiga asosiy e'tiborni qaratmoqchimiz

30 iyun 2019, 10:05
“Liverpul” egasi Jon Genri yangi mavsumdagi maqsad va vazifalar haqida gapirdi.

“Men uchun Yevropada qo'lga kiritilgan sovrin APL g'olibligidan ustunroq sanaladi. Ammo muxlislarimiz Angliya chempionligini istayotganligi ham haqiqat. Keyingi mavsumda aynan ushbu turnirda g'olib chiqish uchun harakat qilamiz.

Bizga shuningdek, futbolchilarimizning tezroq sog'ayib safga qaytishi muhim. Okseleyd-Chemberlen va Lallananing safga qaytishini kutayapmiz. 

Bu mening vazifamga kirmaydi, ammo, o'ylashimcha keyingi mavsumda Origini ko'proq maydonda ko'ramiz. U jamoaga kuch, tezlik, gollar bera oladi. 

Yangi mavsumdan umidimiz katta”, deya Genrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com