"Liverpul" Verner uchun 3 futbolchisidan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
22 may 2020, 20:15
"Liverpul" "Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerning transferi uchun pul yig'ish bilan band.

"The Athletic" xabariga ko'ra, "qizillar" shu sababli uch futbolchisini sotib yubormoqchi - Marko Gruyich, Jyerdana Shakiri va Xarri Uilson.

Serbiyalikning transfer narxi 14,5 mln evroni tashkil qilsa, shveytsariyalik 16, uelslik esa 17,5 mln evroga aylanmoqda. Shu orqali ularning umumiy transferidan 48 mln evroni tashkil qiladi.

Oldinroq "Liverpul" Verner transferi uchun 60 mln evro to'lashga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic