"Liverpul" va "Tottenxem" skautlari "Torino" futbolchisini kuzatmoqda

Alisher
14 mar 2022, 11:30
"Torino" himoyachisi Bremer faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Liverpul" va "Tottenxem" skautlari "Torino" - "Inter" (1:1) o'yinida 24 yoshli braziliyalikni kuzatishdi.

Himoyachi o'z jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Bremer joriy mavsum A Seriya doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira