

"Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedoga bir necha APL grand klublari ko'z tikishmoqda. Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Liverpul" va "Arsenal" futbolchining atrofidagi yaqinlari bilan muzokaralar o'tkazishmoqda.
Bundan biroz muddat avval Kaysedo o'z agentlarini almashtirgan. "Brayton" va klub bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi futbolchining jamoa bilan qolishini istamoqda. Shu sabab ham "Liverpul" va "Arsenal"ga oson bo'lmaydi.
Ma'lumot uchun, avvalroq "Brayton" Moyses Kaysedo uchun 55 mln funt to'lashga tayyor bo'lgan "Chelsi"ga rad javobini bergandi.



