"Liverpul" sobiq futbolchisi Qozog'iston klubini boshqaradi

Aziz Tukhtamuradov
18 dek 2021, 09:45
"Liverpul" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Albert Riera Qozog'istonning "Aksu" klubi bosh murabbiyi bo'lishi kutilmoqda.

Pavlodar viloyati sharafini himoya qiluvchi ushbu klub 2022 yilda Qozog'iston Premer-Ligasida debyut qiladi. 

39 yoshli mutaxassis bir necha kundan so'ng "Aksu" yig'iniga qo'shiladi. 

Ayni paytda Riera Yevropada malaka oshirmoqda. Shundan so'ng Qozog'istonga yo'l oladi. 

Uning so'nggi ish joyi "Galatasaroy" bo'lgandi. U bosh murabbiy Fotix Terimga yordamchi bo'lib ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru