"Liverpul" sobiq futbolchisi Italiya klubiga o'tishi mumkin

Alisher
7 avg 2019, 15:14
Slovakiyalik futbolchi Italiya chempionatiga o'tishi mumkin.

"Fenerbaxche" va "Liverpul" sobiq himoyachisi Martin Shkrtel faoliyatini "Atalanta"da davom ettirishi mumkin.

Slovakiyalik o'yinchi hozirda erkin agent maqomida yuribdi. Shkrtel o'z kuchini A Seriyada va Chempionlar Ligasida sinab ko'rishga qarshi emas.

34 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Fenerbaxche" va "Liverpul"dan tashqari "Trenchin" va "Zenit" klublarida o'ynagan.

U 2004 yildan beri Slovakiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports