"Liverpul" Saloh borasida ikkita klubdan taklif oldi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019, 14:40
"Real" va "Yuventus" "Liverpul" vingeri Muhammad Salohning transferi bo'yicha taklif yubordi.

"Mirror" xabariga ko'ra, ikki klub ham 27 yoshli hujumchi uchun 170 million evro taklif qilgan. Ammo Saloh Angliyani tark etishni istamagan.

Misrlikning "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. Oldinroq "Liverpul" uni 150 million evroga baholayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'tgan mavsumda Saloh "Liverpul" tarkibida 52 o'yinda 27 gol urdi va 12 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror