"Liverpul" - "Real Madrid" o'yinidan oldin: Varanning koronavirusga testi manfiy chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 apr 2021, 14:06
"Real" markaziy himoyachisi Rafael Varan safga qaytishga yaqin.

Avvalroq COVID-19 bilan kasallangani ma'lum qilingan Varan koronavirusga qayta test topshirdi va javob manfiy chiqdi. Agar takroriy test ham futbolchi sog'lig'i bilan barchasi joyidaligini tasdiqlasa, himoyachi safga qaytadi. Biroq fransiyalik YCHL 1/4 final javob uchrashuvi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi va faqatgina "Xetafe"ga qarshi uchrashuvga tayyor bo'ladi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Cadena Ser