"Liverpul" qishda yirik transferga qo'l uradi

Sherzod Nurmatov
6 noya 2025
"Liverpul" himoya chizig'ini mustahkamlash uchun qishki transferga tayyorlanmoqda.

"Fichajes" ma'lumotlariga ko'ra, "Liverpul" "Inter" himoyachisi Alessandro Bastonini yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasi uchun asosiy maqsadi sifatida tanlagan.

Himoyadagi muammolar va so'nggi transferlaridan biri Jeremi Frimpongning jarohati ortidan ingliz klubi "Inter"ni ko'ndirish uchun taxminan 100 million evro taklif qilmoqchi.

Mersisayd klubi yanvar oyida italiyalik himoyachini sotib olish uchun katta sarmoya kiritishni ko'rib chiqmoqda. Bastoni "Enfild"da talab qilinadigan himoyaviy qayta qurish loyihasiga juda mos keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes