"Liverpul" qatorasiga 30 uchrashuvda engilmadi. APL rekordiga qadar – 19 uchrashuv

23 noya 2019, 23:40
Mersisayd klubi APL 13-turida "Kristal Pelas"ni(2:1) mag'lub etdi.

Shu tariqa Yurgen Klopp jamoasining APLdagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 30 taga etdi. "Liverpul" APLdagi so'nggi mag'lubiyatini 3 yanvar kuni "Manchester Siti"(1:2) klubidan qabul qilib olgandi.

Angliya chempionati rekordi Londonning "Arsenal" klubiga tegishli. "To'pchilar" bu ko'rsatkichni 2004 yilda o'rnatishgan bo'lib, ular qatorasiga 49 uchrashuvni mag'lubiyatsiz yakunlashgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru