"Liverpul" "Portu"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
16 apr 2019, 20:14
Angliyaning "Liverpul" klubi Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi doirasida "Portu"ga qarshi kechadigan bahs uchun qaydnomani e'lon qildi.

Ro'yxat klub rasmiy saytida chop etildi. Himoyachi Deyan Lovren jarohat sabab, Aleks Oksleyd-Chemberlen esa tiklanish uchun qo'shimcha mashg'ulotlar berilgani bois uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Qaydnomadan esa 21 nafar o'yinchi joy olgan.

Darvozabonlar: Alisson, Minole, Kellexer;

Himoyachilar: van Deyk, Gomes, Moreno, Robertson, Matip, Aleksandr-Arnold;

Yarim himoyachilar: Fabinyu, Vaynaldum, Milner, Keyta, Xenderson, Lallana, Shakiri;

Hujumchilar: Firmino, Mane, Salah, Starrij, Origi.


"Liverpul" va "Portu" o'rtasidagi birinchi bahs 2:0 hisobida Klopp shogirdlarining g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: liverpoolfc.com