"Liverpul" o'zining yetakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi
Aslanov Jasurbek
25 yanv 2017, 13:45
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino klub bilan shartnomani uzaytirdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi, ammo kelishuv shartlari aytilmagan.
Chet el nashrlari tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik "qizillar" bilan 5 yillik bitim tuzgan. Yangi shartnoma 2017 yilning 1 iyulida kuchga kiradi.